04 okt 13:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Nurmagomedov - Xyuz revansh jangiga munosabat bildirdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor engil vazn toifasida PFL chempionlik kamari uchun kechgan Usman Nurmagomedov - Pol Xyuz jangi haqida gapirdi.
Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi vatandoshining mag'lubiyatini to'rtta so'z bilan biroz tushunarsiz tarzda izoh berdi.
"SHamolda havoni buzib yubordi", - deb yozdi Konor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Pol Xyuz Nurmagomedov bilan birinchi jangdan so'ng rossiyalikning jamoasiga, uning rahbari Xabib Nurmagomedovga hurmat bildirish barobarida Makgregorni qo'llab-quvvatlamasligini, unga hech qanday aloqasi yo'qligini bildirgani vatandoshiga yoqmagan ko'rinadi.
SHu paytgacha Xyuzni qo'llab-quvvatlagan Konor Makgregor bunga javoban haqoratlar bilan javob berdi, shuningdek, poytaxt Belfastda tug'ilgan fuqaroning milliyligini shubha ostiga qo'ydi va u haqiqiy irlandiyalik emasligini aytdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar