26 jan 18:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Pakyaoga qarshi jang haqida: Biz bu jangni deyarli hal qildik
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor haliyam Menni Pakyaoga qarshi jang o'tkazish niyatida ekanligini takidladi.
Irlandiyalik sportchining takidlashicha, u MMAda ham faoliyatini davom ettirmoqchi va shu bilan birga Pakyaoga qarshi ham jang qilishni istayapti.
"Boksda oyoq bilan zarba berib bo'lmaydi. Men nima haqida gapirayotganimni tushundingiz-a? Ha, men haliyam MMAda faoliyatimni davom ettirishni xohlayapman, shu bilan birga takliflarni ham kutib qolaman. Nima bo'lishini ko'ramiz, hozir hech narsa deya olmayman.
Biz deyarli Pakyaoga qarshi jangni hal qildik. U ham deyarli tayyor edi. Men ringga qaytib, o'zimni ajoyib bokschiga qarshi sinab ko'rishni xohlar edim. Bu hazil emas", - dedi Konor Makgregor.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar