22 avg 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor qo'lqopsiz janglarda ringga chiqadi, raqib ham malum
Yarim engil va engil vazn toifalarida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o'zini qo'lqopsiz janglarda sinab ko'radi.
Bu malumotni BKFC promousheni rahbari Devid Feldman ham tasdiqladi. U irlandiyalikning hozirda o'zining debyut jangini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rayotganini malum qildi. Konorning raqibi sifatida sobiq UFC jangchilari - Jeremi Stivens va Mayk Perri o'rtasidagi jang g'olibi bo'lishini takidladi.
"Bugun mening yonimda do'stim Konor Makgregor bo'lishi kerak edi. Lekin u kela olmadi, chunki u mashg'ulot jarayoniga katta etibor qaratgan. Bu men ko'rgan eng yaxshi Konor Makgregor. U astoydil mashq qilmoqda va diqqatini jamlagan. Makgregor menga Jeremi Stivenson va Mayk Perri o'rtasidagi jang g'olibi uning navbatdagi raqibi bo'lishini aytdi", - dedi Feldman Nyu-Jersidagi matbuot anjumanida.
Havola :
Fikrlar