12 jan 13:28
Yangiliklar
"Maktablarda dzyudo" dasturi ijrosi: Ko'zguda Sirdaryo viloyati FOTOREPORTAJ
“Maktablarda dzyudo” IJF loyihasi bo'lib, dasturning asosiy maqsadi 5-12 yoshli bolalarni dzyudo orqali ijtimoiy, talimiy va jismoniy ko'nikmalarga o'rgatishdan iborat. Ushbu maktablar IJF tomonidan taqdim etilgan tatami va kimonolar bilan taminlangan.
O'zbekiston dzyudo federaciyasining maxsus ishchi guruhi ushbu dzyudo to'garaklarining bugungi faoliyati bilan tanishishni boshlagan edi. SHu kungacha Toshkent shahri va viloyatida faoliyati yo'lga qo'yilgan dzyudo to'garaklari o'rganilgandi. Kecha ishchi guruh azolari Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida joylashgan 34-umumtalim maktabida bo'lib, u erdagi dzyudo to'garagi bilan yaqindan tanishishdi.
Faoliyat yurita boshlaganiga bir yil bo'lgan ushbu maktabda murabbiy Jasur Fayziev bolalarga dzyudo sir-asrorlarini o'rgatib kelmoqda. Hozirda bu maktabda 32 o'g'il bola va 18 nafar qizlar kuniga bir mahaldan mashg'ulot o'tkazishyapti.
Fikrlar