So’nggi yangiliklar

19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0

08 mar 22:20
Yangiliklar

Boks/MMA

Manba: SHohjahon Ergashev top-10 bokschisiga qarshi jang qilishi mumkin

SHohjahon Ergashev IBF kamari uchun Eliminator jangida yaponiyalik bokschiga qarshi ringga chiqishi mumkin.

Avvalroq, IBF tashkiloti birinchi yarimo'rta vaznda o'zbekistonlik professional boks ustasi SHohjahon Ergashev (23-0) va britaniyalik Jek Ketterolga (26-1) Eliminator jangi uchun rasmiy taklif yuborgani va bu borada har ikki tomonga o'z javobini bildirishi uchun 3 kun muddat bergani haqida xabar bergan edik.

O'zbek boksi insayderi Jalol Ahmedov SHohjahon Ergashev bilan bog'liq ayni vaziyatga to'xtaldi:

"Manbalarimning xabar berishicha, IBF Eliminator jangini Jek Ketterol WBC chempioni Rejis Progreys bilan muzokaralar olib borayotganligi sababli rad etgan. Keyingi o'rinda turgan Liam Paro jarohatdan tiklanish jarayonida. Teofimo Lopes, Xose Ramires va (norasmiy) Stiv Spark boshqa jangda ishtirok etishlari bo'yicha kelishuvga erishgan. Menga berilgan malumotga ko'ra, yaponiyalik Endi Hiraokaga (22-0) taklif yuborilgan va tasdiq kutilmoqda...".

Malumot uchun, SHohjahon Ergashev ayni damda IBF reytingida 4-o'rinni egallab turibdi, uning ehtimoliy raqibi — Endi Xiraoka esa ushbu yo'nalishda 9-o'rinni band etgan.

Ergashev Olamsport.com sayti muhbiri bilan suhbatda allaqachon mazkur jangga rozilik bildirgani, ammo unga raqib topilmayotgani haqida aytib o'tgan edi.

Hamyurtimiz kecha Instagram sahifasi orqali 3 oy tayyorgarlik ko'rgan jangi may oyida o'tkazilishiga ishora qilgan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing