10 apr 13:06
Yangiliklar
Futbol
“Manchester Yunayted” turkiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi
“Manchester Yunayted” turkiyalik futbolchi Orkun Kyokchyu bilan shartnoma imzolamoqchi.
Malumotlarga qaraganda, Mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Xagning o'zi “Feynoord” vakili bilan shaxsan bog'langan. Ingliz jamoasi futbolchining rivojlanishini diqqatlik bilan kuzatmoqda. Klub skautlari o'tgan chorshanba kuni “Ayaks”ga qarshi kubok o'yinida turkning o'yinini chuqur tahlil qilish uchun tribunalarda bo'lishdi.
Joriy mavsumda Ko'kchu Erediviziyada 26 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Turkiyalik futbolchining Gollandiya klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarket portaliga ko'ra futbolchining narxi 30 million evroni tashkil qiladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar