10 jan 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Marat Qurbonovni tabriklaymiz!
Bugun, 10 yanvar kuni boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Galievich Qurbonov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Malumot uchun, Marat Qurbonov 1954 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Mutaxassis bir necha yildan buyon boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasini boshqarib kelmoqda.
Rio Olimpiadasi, jahon va Osiyo chempionatlari, Osiyo o'yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokimizda bosh murabbiyimizning xizmati beqiyos. Marat Galievich 2019 yilgi jahon chempionatidan so'ng O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi” unvoni bilan taqdirlangan.
www.olamsport.com sayti 67 yoshni qarshi olgan Marat Qurbonovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklaydi! U kishiga sog'lik-salomatlik, uzoq umr va barcha yaxshi niyatlarimizni tilab qolamiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar