10 apr 16:40
Yangiliklar
Tennis
Mariya Bogotada chempionlik unvonini himoya qildi
Kolumbiyaning Bogota shahrida o'tkazilgan WTA turniri yakunlandi.
Musobaqaning amaldagi g'olibasi Tatyana Mariya bu safar ham tengsiz ekanini amalda isbotladi. Germaniyalik 35 yoshli tennischi final uchrashuvida WTA reytingining 116-pog'onasida borayotgan amerikalik Peyton Stirnsni 6/3, 2/6, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu dunyoning 66-raketkasi uchun faoliyatidagi uchinchi sovrin bo'ldi. SHundan ikkitasini aynan Bogotada qo'lga kiritgan. Copa Colsanitas presented by Zurich turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Mariyaga 280 reyting ochkosi hamda 34,228 dollar mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar