28 sen 15:59
Yangiliklar
Tennis
Mariya SHarapova ayni damda qaysi tennischiga muxlislik qilayotganini aytdi
"Katta Dubulg'a" turkumidagi turnirlarning 5 karra g'olibasi Mariya SHarapova ayni damda qaysi tennischiga muxlislik qilayotganini aytdi.
"Mening so'nggi murabbiyim Rikardo Pyatti uzoq yillar davomida Sinner bilan birga ishlagan, shu sababli u bilan ko'p marta birga tennis o'ynaganmiz. Doimo uni qo'llab-quvvatlayman. Uning ushbu sport turiga bo'lgan qiziqishlari menga yoqadi. Juda kamtarin, uning tennis o'yinlarini tomosha qilaman", - dedi SHarapova.
SHarapova Rossiyaning eng sovrindor tennischisi hisoblanadi. U faoliyati davomida 39ta WTA tituliga ega chiqqan.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar