So’nggi yangiliklar

10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0

06 okt 14:02
Yangiliklar

Karate

Mashaqqatdan topilgan ezoz FOTO

O'g'il-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etishda, ularning istedodlarini shakllanishida, sportga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirishda, ommaviylikka erishishda bolalar va o'smirlar sport maktablarining o'rni beqiyos.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabining ustoz-murabbiylari ham tuman yoshlarini sportga oshno etish yo'lida jonkuyar. BO'SMda  sportning karate, futbol, erkin kurash, stol tennisi badiiy gimnastika, engil atletika, bel olish kurashi, turon, qo'l to'pi, boks, suzish, og'ir atletika, basketbol, dzyudo, taekvondo, o'zbek jang sanati turlari bo'yicha 2284 nafar o'g'il-qizlar muntazam to'garaklarga qatnashadi. 

Mashg'ulotlarda toblanib, irodasi kun-sayin mustahkam bo'layotgan BO'SM tarbiyalanuvchilari mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda sovrindorlar safidan munosib o'rin olib, shoda-shoda medallar bilan qaytayotgani sport maktabining tajribali murabbiylaridan iborat jamoaning mehnatsevarligidan, o'z kasbining fidoiylari ekanligidan dalolat. 

Mazkur BO'SM direktori Komiljon Odilovni ko'pchilik sport mutaxassislari yaxshi taniydi. Kamtar inson, lekin sport uning hayoti. Har kuni murabbiylarning sport mashg'ulotlarini kuzatishdan, ularga kerakli maslahatlarni berishdan charchamaydi. 

Karate sport turi bo'yicha murabbiylik faoliyatida o'nlab shogirdlari jahon va osiyo chempionatlarida kuchlilar qatoridan joy olishga muvaffaq bo'lgan. U bir necha bor O'zbekiston chempioniligini qo'lga kiritgan, milliy terma jamoa safida Osiyo chempionatida birinchi o'ringa ham ega bo'lgan. 4-DAN qora belbog' sohibi sanaladi. 2010 yildan bo'yon ushbu BO'SMga rahbarlik qilib keladi.

Komiljon Odilov uchun 5 oktyar quvonchli kun bo'ldi. Boisi, shu kuni tumandagi aholi madaniyat va dam olish markazida, murabbiylar, ota-onalar va keng jamoatchilik ishtirokida O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan  “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni bilantaqdirlandi. Uni  Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i O'tkir Abdullaev tantanali tarzda topshirdi. Ko'p yillik mashaqqatli mehnat mahsulidan munosib etirofga sazovor bo'lgan Komiljon Odilovga biz ham -mukofot muborak bo'lsin, deymiz. 

- Etirof uchun O'zbekisiton jismoniy tarbiya va sport vazirligiga, sport mutaxassislariga, ustoz-murabbiylarga tashakkur aytaman, - dedi Komiljon Odilov. - Bu ko'krak nishoni birgina meniki emas, balki butun bir jamoamizniki, deb hisoblayman. Berilgan mukofot bizga yanada masuliyat yuklaydi. Farzandlarimizni sport bilan hamnafas bo'lishida, jismoniy tarbiyani yanada aholi orasida keng ommalashishida, yosh iqtidor egalarini erta aniqlab, katta sport sari yo'naltirish yo'lida bor bilim va tajribamizni ishga solishda davom etamiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz     

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing