13 okt 14:58
Yangiliklar
![](/upload/storage/46723_220.jpg)
Mashhur qo'shiqchi Xabibni Bellator'ga taklif qildi, u esa...
"UFC ning Xabibga qilayotgan munosabati adolatdan emas. Ahir ular Konorga bunday qilishgani yo'qku. Agar Xabib men uchun Bellator'da jang o'tkazadigan bo'lsa, unga bugunoq 2 million dollar naqd pul beraman", - deb xabar qoldirdi u o'z tvitterida.
Xabib esa bunga javoban: "Agar haqiqiy erkaklar qaerda tarbiya topishini ko'rmoqchi bo'lsang seni Dog'istonga taklif etaman. AQSHga borsam bundan seni xabardor etaman. Qo'llab-quvvatlayotganing uchun rahmat, sen haqiqiy erkaksan!", - dedi.
Eslatib o'tamiz, Xabib 6 oktyabr kungi jangda Konorni mag'lubiyatga uchratgan. Biroq, jangdan keyin yuzaga kelgan tartibsizlik sabab uning gonorari berilmayapti.
Keyinroq sportchi UFC'ga ultimatum qo'ydi. Agar do'sti Zubayra Tuxugovning jangi bekor bo'ladigan bo'lsa, u UFC'dan ketmoqchi.
Fikrlar