08 jan 19:33
Yangiliklar
Matchboldan chiqib ketgan Jokovich Adelaida turniri g'olibi bo'ldi
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning beshinchi raketkasi bo'lib turgan serbiyalik Novak Jokovich ATP reytingida 33-pog'onada borayotgan AQSH vakili Sebastyan Kordaga qarshi kortga chiqdi va qiyin g'alabani qo'lga kiritdi - 6/7(8), 7/6(3), 6/4.
Uch soatu 11 daqiqa davom etgan bahsda Novak matchboldan chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Jokovich 7 ta eys, 4 ta qo'shxato va 2 ta breyk qayd etdi. Korda esa 15 ta eys, 4 ta qo'shxato va 1 ta breyk-poyntga ega bo'ldi.
Serbiyalik tennischi faoliyatidagi 92-sovrinini qo'lga kiritdi. Bu tennis tarixidagi to'rtinchi ko'rsatkich hisoblanadi. U Rafael Nadal bilan to'rtinchi o'rinni bo'lishib turibdi. Adelaidadagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 250 reyting ochkosi hamda 94,560 dollar mukofot puli keltirdi. Korda esa 150 ball va 55,035 dollar ishlab oldi.
Fikrlar