So’nggi yangiliklar

18:34Иман Хелиф фаолиятини якунлагани ҳақидаги хабарларни рад этди 0 18:13Нурсултон Рўзибоев қачон жанг қилишини айтди 0 17:52АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди 0 17:31"Чеченистонга қарши Доғистон — бомба!". Собиқ чемпион Чимаев — Махачев жанги ғоясидан ҳайратда 0 17:10Бивол жамоаси вакили Дмитрийнинг навбатдаги рақиблари ҳақида гапирди 0 16:28"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди 0 16:07Шон Стрикленд ярим йилга жанглардан четлатилди 0 15:46Расман: Виржил Ортиснинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 15:25Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирдаги пешқадамлигини мустаҳкамлади 0 15:04АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" Топда 0 14:43The Ultimate Fighter 33 шоусида мағлуб бўлган қозоғистонлик жангчи UFC'га қўшилди 0 14:22Нурсултон Рўзибоев Брайан Баттлнинг UFC'дан ҳайдалишига қандай муносабат билдирди? 0 14:01Ўзбекистон фигурали учиш бўйича қишки Олимпиада саралаши учун қўшимча квотасидан фойдаланмади 0 13:40Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади 0 13:19Расман! ўзбекистонлик спортчи Octagon League чемпионлик камари учун жанг қилади 0

09 noy 19:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Maxachev - eng yaxshi UFC jangchisi! Jonsni birinchi o'rindan tushirdi

Teglar :  Islam Maxachev
Xabibdan keyin ikkinchi.

Islam Maxachev P4P reytingida birinchi o'rinni egalladi.

Bu Aleks Volkanovskini mag'lub etib, ikkinchi marta engil vazn toifasidagi kamarni himoya qilganidan keyin sodir bo'ldi. Hozir Maxachev liganing eng yaxshi jangchisi. Rasmiy ravishda!

Islam bunga qanday qilib erishdi?

Maxachev bir yildan ortiq vaqt davomida P4P kuchli uchligidan tushmadi

Islam Maxachev P4P reytingiga ilk bor 2022 yil oktabr oyida CHarlz Oliveyrani mag'lub etib, engil vazn toifasida chempion bo'lganida kirgan edi. Keyin u darhol uchinchi o'rinni egalladi - faqat Aleks Volkanovski va Israel Adesanya undan oldinda edi. SHundan so'ng Maxachev kuchli uchlikdan tushmadi.

«To'g'risini aytsam, UFC mening qobiliyat va mahoratimni juda yuqori baholadi. Men birinchi o'ringa ko'tarilmagunimcha to'xtamayman. O'ylaymanki, keyingi yil yoki ko'pi bilan bir yarim yil ichida men birinchi o'rinda bo'laman» - degan edi Maxachev P4P'da paydo bo'lganidan keyin.

2023 yil fevral oyida Maxachev Volkanovskini mag'lub etdi va ilk bor kamarni himoya qildi, ammo reyting etakchisini enganiga qaramay birinchi o'ringa ko'tarilmadi. Bu MMA hamjamiyatida norozilik va bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. Misol uchun, nufuzli Sherdog portali Maxachevni qo'llab-quvvatladi.

«Avvalo, Avstraliyaga g'alaba uchun bordik. Biz kamarni himoya qilib, uyga olib keldik. Bazi portallar meni birinchi o'ringa qo'yishdi, bazilari esa yo'q. UFC birinchi o'ringa qo'ymaslikka qaror qildi. Balki ular revanshni shu tarzda tashkillashtirmoqchidirlar. Menga farqi yo'q - kamar menda», - dedi Maxachev fevral oyida.

Keyinchalik u shunday dedi: «Bu qaror mamlakatimizga bo'lgan munosabat tufaylimi? Balkim. Men bu o'yinlarga qo'shilmayman. Men borib ularning chempionini mag'lub etdim. Ular buni reytingga qo'shishadimi yoki yo'qmi: bu meni havotirlantirmaydi. Asosiysi, kamar mening elkamda». 

Mart oyida Jon Jons oktagonga qaytdi, u Siril Ganni mag'lub etgandan so'ng darhol P4P'da birinchi o'ringa ko'tarildi - Maxachev uchinchi o'ringa tushib ketdi. Biroq, ESPN uni o'z reytingining etakchisi sifatida qoldirgan.


Maxachev qishda P4P peshqadamiga aylanishi mumkin edi. Jonsning jarohatidan keyingina hammasi o'zgardi

Maxachev hozirga kelib P4P etakchisiga aylandi. 2023 yil oktyabr oyida Volkanovskini enganidan keyin u ikkinchi o'ringa ko'tarildi. Jon Jons jarohat olib, noyabr oyiga rejalashtirilgan Stipe Miochichga qarshi chempionlik jangini tark etganidagina vaziyat o'zgardi. Jons uzoq muddatga safdan chiqdi, shuning uchun etakchilikni yo'qotishi mantiqan to'g'ri.

«Menimcha, bu UFC'ning siyosati. Jon Jons Amerika jamoatchiligi uchun katta nom. U qiziqarli jang o'tkazadi. Va tashkilot uning oldida intrigani saqlab qolishni xohladi, P4P'ning birinchi raqamlisi  barcha davrlarning eng yaxshi og'ir vaznli jangchisi Miochich bilan kurashmoqda.

Lekin men UFC reytingida birinchi o'ringa loyiq ekanligimga ishonaman. CHunki men o'sha paytdagi P4P'ning birinchi raqamli jangchisi Aleks Volkanovskini mag'lub etgandim. Ehtimol, so'nggi raund (birinchi jang) tufayli meni birinchi o'ringa qo'yishmagandir.

Ammo men hozir barcha savollarga nuqta qo'ydim, deb o'ylayman. Men Jonsning xizmatlarini kamsitmayman. Biroq uning so'nggi beshta jangi Miochich va og'ir vazn toifasining boshqa yaxshi yigitlarini mag'lub eta olishiga u qadar ham ko'p ishonch uyg'otmaydi», - degan edi Maxachev ikkinchi o'rinda bo'lganida.


Yana qaysi rossiyaliklar P4P'ga kirishdi?

Maxachev P4P birinchi o'rinni egallagan ikkinchi rossiyalik bo'ldi. Birinchisi Xabib Nurmagomedov - 2020 yil oktyabr oyida Jastin Getjini mag'lub etganidan keyin etakchiga aylangan edi. Bu 2021 yilning martigacha, yani Xabib faoliyatini yakunlashini elon qilguniga qadar davom etdi.

Yana bir rossiyalik Petr Yan ham P4P'ning eng yaxshi 15 taligiga kirdi. Petr 2020 yil iyul oyida Joze Aldoni engib chempionlikni qo'lga kiritgandan keyin reytingga kiritildi. Keyinroq Yan 13-o'rinni egalladi. Yakunda u to'qqizinchi pog'onaga ko'tarildi, biroq Aljameyn Sterling va SHon O'Mellidan mag'lub bo'lgach u reytingdan chiqib ketdi.

Xabib sportni tark etishidan oldin besh oy davomida P4P etakchiligini saqlab qoldi. Maxachev UFC'dagi g'alabalari soni bo'yicha allaqachon uni ortda qoldirgan (14 ga - 13) va endi Islamning mart oyidan oldin oktagonga qaytishini hisobga oladigan bo'lsak peshqadamlik muddati bo'yicha Xabibdan o'zib ketishi mumkin.


Xorijiy saytlar asosida Sarvinoz Raxmoqulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing