19 iyu 18:26
Yangiliklar
Tennis
Mayar SHerif qatorasiga ikkinchi hafta ham chempion bo'ldi
Dunyoning 40-raketkasi bo'lib kelgan misrlik Mayar SHerif Ispaniyaning Valensiya shahrida yakunlangan turnir g'olibasiga aylandi.
WTA 125 toifasiga kiruvchi ushbu turnirning finalida u reytingning 130-pog'onasidan joy egallab kelgan ispaniyalik Marina Bassols Riberani mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/3.
SHerif qatorasiga ikkinchi hafta ham WTA 125 toifasiga kiruvchi turnirda bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Roppa-rosa 100 daqiqa davom etgan bahsda Mayar ham, Bassols Ribera ham bittadan eys zarbasini amalga oshirishgan.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida misrlik hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1. SHerif muvaffaqiyatli ishtirokidan 160 reyting ochkosi hamda 13,040 evro mukofot puli ishlab oldi. Finalchi Bassols Ribera esa 95 ochko va 6,960 evroga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar