10 noy 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayk Tayson Joshuani Usik bilan revansh jangiga tayyorlamoqchi
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson Entoni Joshuani Aleksandr Usik bilan revansh jangiga tayyorlamoqchi ekanligini malum qildi.
Britaniyalik bokschi birinchi jangida ukrainalikka mag'lub bo'lgan edi. Revansh uchrashuvi 2022 yilning fevral-mart oylarida bo'lib o'tadi.
«Joshuaga tayyorgarlik ko'rishda yordam berish katta sharaf bo'lardi. Bir-biringizga yordam berish ajoyib. Entoni katta salohiyatga ega, u muvaffaqiyatsizlikdan keyin tushkunlikka tushmasligi kerak. Ishlar unchalik yaxshi ketmayotgan paytda o'zingizni dunyodan ajratib qo'ymasligingiz lozim», — deya Taysonning so'zlarini keltiradi Mirror.
SHuningdek, mashhur murabbiy Freddi Rouch Joshuaga o'z xizmatlarini taklif qildi. Mutaxassis Entonining mahoratini hurmat qilishini va uni kuchli bokschi deb bilishini takidladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar