09 dek 08:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Maykl Keza Maxachev va Oliveyra uchun munosib raqiblarni aytdi
Yarim o'rta vaznda UFC jangchisi Maykl Keza engil vaznda kamar uchun kechayotgan kurash haqida gapirdi.
"Maxachevga qarshi jangdan oldin CHarlz Oliveyra rostdan ham jiddiy jarohat olgandi. Biroq turli xil jarohatlari bilan ham oktagonga chiqqan jangchilarni ko'rganmiz. Bunday janglarga etibor juda yuqori bo'lgan.
UFC Jastin Getjini esdan chiqarib qo'ymoqda, deb bo'lmaydi. U yaqindagina BMF kamarini qo'lga kiritdi. Ularning aytishicha, bu kamar chempionlik uchun jang qilish imkoniyatni kafolatlaydi.
SHu sababli men Oliveyra yakunda Arman Carukyan bilan, Maxachev esa Getji bilan jang qilishi va bu janglarning bir turnirda bo'lishi kerak deb hisoblayman. Mana shunaqasiga to'g'ri bo'ladi", - dedi Keza.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar