23 iyu 08:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Maykl Peyj: "UFC menga top-10 dagi raqiblar bilan jang bermayotgani - aqlga sig'maydi"
Yarim o'rta vazn toifasida britaniyalik UFC jangchisi Maykl Peyj promoushendagi janglar tashkil etilishidan noroziligini bildirib, erishgan yutuqlari va maqomiga qaramay, top-10 reytingidagi raqiblardan biri bilan jang olish juda qiyin bo'layotganini aytdi.
«Bilasizmi, bu aqlga sig'maydi. Men MMA’da eng yuqori darajaga chiqdim, ammo top-10 dagi jangchilardan biri bilan jang tashkil qilish deyarli imkonsizdek tuyuladi. Bahona ketidan bahona bo'ladi — biz ularga nomzodlar ro'yxatini yuboramiz, keyin esa yana o'sha holat takrorlanadi. Eng shafqatsiz sport turida ishtirok etayotganim, eng kuchli yigitlar orasida ekanimga qaramay, ulardan biri bilan jang olish bunchalik qiyin bo'lishi aqlga sig'maydi», — dedi Peyj Ariel Xelvanining YouTube’dagi intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar