22 mar 03:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Maykl Peyjning UFC'dagi omadli yurishi davom etmoqda, u bu safar Pattersondan ustun keldi
UFC Fight Night 270 turnirining navbatdagi bahsi ortda qoldi.
Unda 38 yashar angliyalik Maykl Peyj hamyurti Sem Pattersonga qarshi to'qnash keldi.
3 raundlik yarim o'rta vazn toifasidagi jang to'liq davom etdi. Yakunda Peyj hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongani malum bo'ldi — 30-27, 29-28, 29-28.
Bu Maykl uchun UFC'dagi ketma-ket qo'lga kiritilgan uchinchi g'alaba bo'ldi. U avvalroq, SHara Bullet va Jared Kannonirdan ham ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar