19 noy 17:18
Yangiliklar
Tennis
Medvedev qatorasiga beshinchi mavsum yilni Top-10`talikda yakunlaydi
Dunyoning uchinchi raketkasi Daniil Medvedev Turinda davom etayotgan Yakuniy ATP turnirining yarim finaliga qadar etib keldi.
Rossiyalik tennischi final chiptasi uchun kechgan uchrashuvda italiyalik Yannik Sinnerga 3/6, 7/6(4), 1/6) hisoblarida yutqazib qo'ydi. SHu tariqa, Medvedev qatorasiga beshinchi yil mavsumni Top-10 reytingida yakunlaydigan bo'ldi.
O'tgan yili u mavsumni dunyoning ettinchi raketkasi sifatida yakunlagan edi. SHuningdek, Medvedev yil davomida g'alaba qozongan uchrashuvlari (66 ta) bo'yicha shaxsiy rekordini ham yangilashga muvaffaq bo'ldi. Daniil 2023 yilgi mavsumda 5 ta ATP sovrinini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar