05 avg 19:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Meksika Mustaqilligiga bag'ishlangan UFC turnirining markaziy jangi elon qilindi + POSTER
UFC promousheni 13 sentyabr kuni AQSHning Glendeyl shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 288 turnirining markaziy jangini rasman elon qildi.
Oqshomning asosiy bahsida yarim engil vazn toifasida sobiq chempionlik davogari, meksikalik Yair Rodriges reytingning 6-pog'onasidagi braziliyalik Jan Silvaga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, 33 yoshli Yair Rodriges UFC`dagi faoliyatini 2014 yilda boshlagan. U dunyoning eng nufuzli MMA promoushenida shu paytgacha 11 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan.
29 yashar Jan Silva esa UFC`da 2024 yilda debyut qilgan. Braziliyalik jangchi tashkilotdagi faoliyati davomida 6 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyatga ega bo'lib turibdi.

Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar