31 may 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao chempionlik jangida oson g'alaba qozonishiga ishonyapti
Olti vaznda sobiq jahon chempioni Menni Pakyao yarimo'rta vazn toifasida WBC chempioni Mario Barriosga qarshi bo'lajak jangi haqida gapirdi.
"G'alaba qozonishimga ishonchim komil. Lekin men unga nisbatan engil qaramayapman yoki uni past baholamayapman. Avvalgi mashg'ulotlarda bo'lgani kabi o'zimni qiynashim kerak. Men ko'rgazmali janglar uchun bor-yo'g'i bir hafta mashq qilgandim. Endi esa hamma Menni Pakyaoning eng yaxshi versiyasini kutishi mumkin.
Men bor kuchimni bermoqchiman va shuning uchun ham sport zalida avvalgidek mashq qilyapman. Muxlislarni xafa qilmayman. Qaytish men uchun juda ko'p narsani anglatadi.", deydi Pakyao.
Havola :
Manba : boxingscene.com
Fikrlar