20 iyu 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao durang haqida: "Men bu jangda g'alaba qozongandim"
Filippinlik boks afsonasi, 8 vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 46 yoshli Menni Pakyao Mario Barriosga qarshi durang natijali jangdan so'ng o'z fikrini bildirdi.
"Men bu jangda g'alaba qozongandim deb o'ylayman. Menimcha, yana bir bor kamar uchun jang o'tkazishga harakat qilib ko'raman. Nom uchun revansh istayman", - dedi Pakyao.
Eslatib o'tamiz, bugun tongda Las-Vegasda o'tkazilgan jangda Pakyao WBC kamari sohibi Mario Barriosga qarshi 12 raundlik jang o'tkazdi. Yakunda hakamlar jang durang (115:113, 114:114, 114:114) natija bilan yakunlanganini elon qilishdi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
O’xshash yangiliklar
13:54
Pakyao - Barrios jangi zarbalar statistikasi hamda hakamlar hujjatidan ko'chirma elon qilindi (FOTO) 0
Fikrlar