So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

19 iyu 11:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Menni Pakyao, Mario Barrios, Tim Czyu, Sebastyan Fundora va boshqalar taroziga chiqishdi

Ertaga tong saharda AQSHning Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan professional boks turniri bo'lib o'tadi.

Oqshomning asosiy jangi filippinlik 46 yoshli boks afsonasi Menni Pakyao hamda yarimo'rta vaznda WBC chempioni Mario Barrios o'rtasida o'tkaziladi. To'rt yillik tanaffusdan so'ng katta boksga qaytgan Pekmen faoliyatidagi katta vaznlardan birini qayd etdi - 66,59 kg! 30 yoshli Barrios esa 66,32 kg tosh bosdi. 

Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo'lgan Pakyao 2012 yilda yarimo'rta vazn uchun 66,68 kg vazn ko'rsatgandi. Qolgan barcha janglarida filippinlikning vazni meyordan kam bo'lgan. 

Turnir kardida bitta o'zgarish kuzatildi. Sobiq jahon chempioni Isaak Krusga qarshi ringga chiqishi kerak bo'lgan Anxel Fiero sog'lig'ida yuzaga kelgan muammo sabab jangdan echildi. Uning o'rnini endi Omar Salsido egallaydi. Krus tarozida 62,96, Omar esa 63,23 kg tosh bosgandi. 

Las-Vegasdagi oqshomning co-main event jangi birinchi o'rta vaznda amaldagi WBC chempioni Sebastyan Fundora hamda avstraliyalik Tim Czyu o'rtasida kechadi. Baland bo'yga ega Fundora — 69,22 kg, Czyu esa — 69,49 kg vazn qayd etdi.

Barcha tarozi natijalari:

Sebastyan Fundora  — 69,22 kg

Tim Czyu — 69,49 kg.


Isaak Krus — 62,96 kg

Omar Salsido — 63,23 kg.


Brendon Figeroa — 57,15 kg

Joet Gonsales — 56,7 kg.


Geri Rassell-mladshiy — 59,69 kg

Ugo Kastaneda — 61,6 kg.


David Pikasso — 56,7 kg

Kyonosuke Kameda — 57,15 kg.


Mark Magsayo — 58,51 kg

Xorxe Mata — 58,51 kg.

Ushbu jang 20 iyul tongida taxminan soat 8:30 dan so'ng boshlanadi. 

Jangni telegramdagi Universal Sport kanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing