01 iyu 12:50
Yangiliklar

Menni Pakyao va Mario Barrios ilk face to face marosimida ishtirok etishdi
Filippinlik 46 yoshli bokschi 20 iyul kuni yarimo'rta vazn toifasida WBC chempioni amerikalik Mario Barriosga qarshi ringga ko'tariladi. Bokschilar ilk face to face marosimida hozir bo'lishdi va tashkil etilgan matbuot anjumanida savollarga javob qaytarishdi.
WBC tashkiloti Menni Pakyaoni reytingda Top-10`talikka kiritgani va unga chempionlik jangi bergani uchun yaxshigina tanqid yomg'iri ostida qolib ketgandi.
Malumot uchun, Menni prof boksdagi so'nggi rasmiy jangini 2021 yilning avgust oyida o'tkazgandi. O'shanda u kubalik Yordenis Ugasga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygan edi. Pakyao prof ringda jami 72 ta jang o'tkazib, 62 g'alaba (39 tasi muddatidan oldin), 8 mag'lubiyat va 2 durang natija qayd etgan.
Fikrlar