So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

06 may 17:46
Yangiliklar

Tennis

Messi yoki Ronaldu - Marrey kimni tanladi?

Teglar :  TennisEndi Marrey
"Katta Dubulg'a" tasnifidagi turnirlarning uch karra chempioni Endi Marrey "ATP Tennis Radio" podkastida bir qancha savollarga javob berdi.

- Bolalaringizning sizdan tashqari eng yaxshi ko'rgan tennischisi kim?

- Bolalarim birorta tennischini tanimaydi. Afsuski, ular tennisni tomosha qilishmaydi va kuzatishmaydi ham. Menda bu savolga javob yo'q. Balki, bu mening akamdir. Menimcha, bolalarim biladigan yagona tennischi u bo'lsa kerak.

- Messi yoki Ronaldu?

- Yaxshi savol. Jahon chempionatidagi o'yinlaridan keyin Messini tanlayman.

- Qaysi tennischi bilan kimsasiz orolda birga qolib ketishni istardingiz va nima sababdan?

- Meni oroldan olib chiqib keta oladiganini o'ylashim kerak. SHuningdek, ko'ngilocharlik vazifasini ham bajara olishi lozim. SHu sababli Gael Monfilsni tanlayman. U juda quvnoq yigit va doimo u bilan birga bo'lish qiziqari bo'ladi.

- "Beatles"ning Sizga eng yoqadigan qo'shig'i?

- "Let It Be". Menga juda yoqadi.

- Haligacha "PlayStation" o'ynaysizmi? Qaysi o'yinlarini yoqtirasiz?

- Ancha yillardan buyon o'ynamay qo'yganman. Kechirasiz, boshqa o'ynamayman. Bolalarim tug'ilganidan keyin shunchaki bunga vaqt bo'lmay qoldi. Yonimda bolalarim bo'lganida bu uchun 45 daqiqa ham vaqtimni ajratishni istamadim. Hozirgi sayohatim "PlayStation"siz o'tmoqda.

- Hozirgi paytda Siz uchun sevimli musiqiy albom?

- Bunaqasi yo'q. Albomlarni eshitmayman, odatda bolalar musiqasini eshitaman. Qulog'imga yoqib qolgan musiqani ko'p eshitaman - masalan SHakiraning "barcha ishni qila olaman" so'zlari bilan boshlanuvchi musiqasi. Aniq gaplari esimda yo'q, lekin SHakiraning qo'shiqlari menga yoqadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing