13 okt 18:03
Yangiliklar

Meyvezer: "Barcha buyuk bokschilar - qoratanlilar"
Avvalroq Kanelo o'z yurtdoshlari bilan jang qilmasligi haqida gapirgandi.
"Promouter sifatida men irqchilikdan uzoqdaman. Ko'plab yosh jangchilarga yordam beraman. Ularning qaerdan ekanligi men uchun ahamiyatga ega emas. Ular barcha erdan, balki Meksikadan bo'lishi mumkin. Men shunchaki jangchilarga o'z istaklariga erishishlari uchun yordam beraman.
Kanelo "Men meksikaliklar bilan jang qilishni istamayman" dedi. Ammo u meksikaliklar bilan jang qilish evaziga faoliyatini yuksaltirgan. Endi esa Benavides bilan jang qilishni istamasligini aytib o'tiribdi. Bu qochish yo'llaridan biri.
Bilasizmi nima uchun ko'p qoratanli bokschilar bunday deyishmaydi? CHunki ular zo'rlar zo'rlar bilan uchrashishi lozim deb hisoblashadi. Barcha buyuk bokschilar — qoratanlilar", - dedi Meyvezer.
Fikrlar