14 may 10:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer Lomachenkoga birlashtiruvchi chempionlik jangi taklif qildi
Afsonaviy Floyd Meyvezer Top Rank promouterlik kompaniyasiga o'z mijozi bilan ukrainalik Vasiliy Lomachenko o'rtasida birlashtiruvchi chempionlik jangini o'tkazish taklifini berdi.
Birinchi engil vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni bo'lib turgan Jervont Devis aynan Meyvezerning promouterlik kompaniyasi nomidan janglarda ishtirok etib kelyapti. Lomachenko esa engil vaznda WBA chempioni hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Lomachenkoning o'zi Meyvezerga murojaat qilib, mijozini ortiq berkitmaslikka chaqirgandi. O'shanda Floyd o'zini Lomachenkodan ko'ra ko'proq pul keltiradigan janglar qiziqtirishini aytib o'tgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar