11 okt 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer rekord darajadagi gonorar uchun Makgregor bilan ikkita jang o'tkazishi mumkin
Beshta vaznda sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Konor Makgregor bilan rekord darajadagi summa evaziga revansh jangini o'tkazmoqchi.
Meyvezer jamoasi Makgregor vakillari bilan biri boks qoidalari, ikkinchisi MMA qoidalari bo'yicha ikkita jang o'tkazish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu amerikalik bokschining aralash yakkakurashlar bo'yicha debyut jangi bo'ladi.
Ikkala jang ham ko'rgazmali bo'lmaydi, yani ularning natijalari Floyd statistikasida o'z aksini topadi. Agar sportchilar kelishuvga erisha olsa, ularning janglari kelasi yili Abu-Dabi va Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar