04 okt 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer va Pakyao o'rtasidagi revansh jangi o'tkaziladi
Faoliyatini engilmas bokschi sifatida yakunlagan amerikalik Floyd Meyvezer hamda sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao o'rtasidagi revansh jangi tobora haqiqatga aylanib boryapti.
Dunyoga mashhur Showtime Sports telekanali prezidenti Stiven Espinosaning so'zlariga qaraganda, Meyvezer-Pakyao 2 jangi kelasi yili o'tkaziladi. Meyvezer 2015 yili Pakyaoni hakamlarning qaroriga ko'ra mag'lub etgan va shundan so'ng faoliyatini yakunlagan edi. Pakyao esa ayni paytda yarim o'rta vaznda WBA Regular chempioni hisoblanadi.
- Floyd Meyvezer bu jangning o'tkazilishiga jiddiy kirishgan. O'z o'rnida Menni Pakyao ham bu jangning o'tkazilishiga xayrixoh. Boks ahli albatta bu jangga guvoh bo'ladi. Eng muhimi, ikki tomonda ham revansh jangiga qiziqish juda yuqori. Meyvezer-Pakyao 2 jangi uchun ideal vaqt bu 2019 yil!, - deya so'zlariga yakun yasadi Espinosa.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar