So’nggi yangiliklar

09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0

17 mar 08:51
Yangiliklar

Taekvondo

Milliy olimpiya qo'mitasida o'zbek taekvondo mutaxassislari jam bo'ldi

Milliy olimpiya qo'mitasida yurtimizdagi taekvondo associaciyalari tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Unda shuningdek, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, vazirlik boshqarma boshlig'i Nazirjon Xudoyqulov, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi bosh kotibi Abbos Latipov va yurtimizda taekvondoning turli yo'nalishlarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan mutaxassislar, associaciyaning viloyat bo'limlari mutasaddilari ishtirok etishdi. 

Yig'ilishda sportning ushbu turini yurtimizda yanada rivojlantirish borasida takliflar o'rtaga tashlandi. SHuningdek, sohada uchrayotgan muammolar, Olimpiya va Osiyo o'yinlarida medallar sonini ko'paytirish, yutuqlar salmog'ini oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Associaciyaning viloyat bo'limlari vakillari tomonidan bugungi kundagi eng asosiy muammolardan biri sport anjomlari masalasi ekanligi qayd etildi. O'z o'rnida, bu masala yuzasidan ish boshlangani, MOQ va vazirlik tomonidan bu muammolar yaqin orada bartaraf etilishi aytib o'tildi. 

Yig'ilishda shuningdek, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi bosh kotibi Abbos Latipov bundan buyon hamjihatlikda, bir oila bo'lib ishlash haqida gapirib o'tdi.

"Biz turli yo'nalish vakillari bo'lsakda, bir necha yillardan beri bir-birimizni yaxshi taniymiz, birga ishlab kelganmiz. To'g'ri, ITF yo'nalishi bugungi kunda ancha rivojlangan, u erda kuchli sportchilar etishib chiqqan. SHuning uchun, birgalikda ishlab, faoliyat olib borsak yanada rivojlanamiz, natijalarimiz yaxshilanadi. 

Yangi o'tkaziladigan musobaqaga keladigan bo'lsak, uning qoidasini birgalikda ishlab chiqishimiz lozim. CHunki qoidalar turlicha. Aniq qarorga kelib, kuchli sportchilarni saralab olamiz. SHuningdek, ITF yo'nalishida kuchli murabbiylar ham etarli. Ular uchun VTF yo'nalishi bo'yicha seminarlar ham tashkil qilib beramiz", - dedi Abbos Latipov.

Yig'ilish qatnashchilari uchrashuv davomida o'zlarini qiynayotgan muammolar, turli to'siqlar haqida malum qilishdi. Unda murabbiylarning sertifikaciyalash masalasiga ham to'xtalib o'tildi. O'z o'rnida, rahbariyat bunday muammolar bartaraf etilishi, sertifikaciyalash masalalari soddalashtirilishi haqida malum qilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing