28 sen 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Mirafzal Ahtamovning raqibi o'zgardi
Keyingi juma oqshomida, aniqrog'i, 3 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida MMA bo'yicha PFL Champions Series: Road to Dubai musobaqasi bo'lib o'tadi.
Turnir doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Mirafzal Axtamov jazoirlik Asael Ajuj bilan jang qilishi kerak edi. Lekin Ajuj jarohat tufayli jangdan chiqdi. PFL rahbariyati esa Mirafzalga yangi raqib sifatida Braziliya vakili Luan Panterinyani berdi.
Taqqoslash uchun, Ahtamov karerasi davomida hozircha 10 ta jang o'tkazib, 8 ta g'alaba, bittadan mag'lubiyat va durang qayd etgan. Panterinya hisobida esa 9 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar