30 iyu 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Mirafzal Axtamovning PFL Ligasidagi keyingi raqibi, jang sanasi va manzili elon qilindi
O'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Mirafzal Axtamovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
33 yashar hamyurtimiz 22 avgust kuni AQSHning Florida shtati, Tampa shahrida o'tkaziladigan PFL Tampa turnirida ishtirok etadi.
Unga o'sha kuni amerikalik Dakota Bush raqib bo'ladi.
Prelim karddan o'rin olgan ushbu jang engil vazn toifasida tashkil etiladi.
Malumot uchun, buxorolik "Mirko" Mirafzal faoliyati davomida hozirgacha 11 ta jang o'tkazib, 9 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. 32 yoshli Dakota Bush hisobida esa 16 ta g'alaba hamda 4 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar