05 avg 18:40
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Mirali SHaripov Riodagi yurishini gollandiyalik raqibga qarshi boshlaydi
Rio Olimpiadasida ishtirok etadigan yana bir dzyudochimiz Mirali SHaripov dastlabki bosqichda kimga qarshi kurash olib borishi malum bo'ldi.
Qura natijalariga ko'ra, -73 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchi ilk bosqichda gollandiyalik Deks Elmontga qarshi gilamga chiqadi.
Ushbu vazn toifasida janglar 8 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Biz barcha sportchilarimiz qatorida Mirali SHaripovga ham Rio Olimpiadasidagi ishtirokda omadlar tilab qolamiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar