25 fev 22:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Mirazizbek Mirzaxalilov Bolgariyada chorak final jangini o'tkazdi
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo'yicha xalqaro "Stranja" turniri davom etmoqda.
Bahslarda -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov biroz avval chorak final jangini o'tkazdi. Ushbu jangda hamyurtimizga bolgariyalik Xaver Ibanes raqiblik qildi.
Afsuski, jang yakuniga ko'ra, hakamlar mezbon bokschining 28:29 (0:5) hisoblaridagi g'alabasini qayd etishdi va shu tariqa Mirzaxalilov musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar