31 dek 14:07
Yangiliklar
Tennis
Mirra Andreeva Brisbenda muvaffaqiyatli start oldi
Avstraliyaning Brisben shahrida tennis bo'yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 57-raketkasi Mirra Andreeva ikkinchi davra ishtirokchisiga aylandi. Rossiyalik tennischi 75 daqiqa davom etgan birinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 93-pog'onada borayotgan hamyurti Diana SHnayderni 6:2, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Andreeva 3 ta eys, 2 ta qo'shxato va 3 ta breyk-point qayd etdi. Endi Mirra 2 yanvar kuni ikkinchi bosqichda sayyoramizning 16-raketkasi Lyudmila Samsonovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar