12 jan 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Misha Teyt hamyurtimiz Liliya SHakirovaning sobiq raqibi bilan jang qiladi
Amerikalik MMA ustasining raqibi Loren Myorfi bo'ladi.
35 yoshli Teyt o'zining keyingi jangini kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi. Teytning raqibasi 38 yoshli Loran Myorfi bo'ladi. Teyt ushbu jangni o'tkazish uchun bitta vazn pastlaydi. Jang UFC 273 doirasida 2022 yilning aprel oyida o'tkaziladi. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishishgan.
Malumot uchun, Loran Myorfi hamyurtimiz Liliya SHakirova bilan UFC turnirida to'qnash kelgan va muddatidan avval g'alaba qozongan.
Eslatib o'tamiz, Teyt 2021 yilda ajoyib qaytish qilib Marion Renoni mag'lub etishga erishgandi. Loran Myorfi esa o'zining so'nggi oltita jangida 5 ta g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etgan. Yagona mag'lubiyat chempion Valentina SHevchenkodan qabul qilib olingan.
Havola :
Manba : BJPenn
Fikrlar