27 may 17:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Mishel Pereyra Xamzat CHimaevga "vyzov" tashladi
Braziliyalik UFC jangchisi Mishel Pereyra navbatdagi raqibi haqida gapirdi.
Avvalroq, u amerikalik Xorxe Masvidal va Neyt Diazni jangga chorlagan edi. Endilikda Pereyra shveciyalik Xamzat CHimaev bilan ham jang qilmoqchi ekanligiga shama qildi.
"Voqealar butunlay teskari sodir bo'layotganga o'xshaydi. Agar u hozir men bilan jang qilishni istamasa, muammo yo'q. Ertami-kech uni engaman. Neyt Diaz bilan ham jang qilmoqchiman. CHunki biz bir nechta shapaloq almashishimiz va tomoshabinlarni xursand qilishimiz mumkin.
Men diviziondagi boshqa jangchilarga ergashmayman. Gilbert Berns, Kamaru Usman, Kolbi Kovington va Xamzat CHimaevni bilaman. Aytgancha, agar CHimaevga raqib kerak bo'lsa, men bo'shman", - dedi Pereyra.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar