25 sen 16:58
Yangiliklar
Boks/MMA

MMA bo'yicha O'zbekiston kubogi start oldi
Avval xabar berib o'tganimizdek, Buxoro shahri 25-27 sentyabr kunlari aralash jang sanati bo'yicha O'zbekiston kubogiga mezbonlik qiladi.
Bellashuvlar 16-17 yoshli o'smirlar va 18 yoshdan kattalar o'rtasida tashkil etilmoqda.
Bahslarda Respublikamizning turli hududlaridan 204 nafar sportchi o'z omadini sinab ko'rmoqda. Bugun saralash janglari o'tkazilmoqda. 27 sentyabr kuni esa final bahslari tashkil etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar