18 may 23:22
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/219179_220.jpg)
Mohira Abdullaeva bronza medali sohibasi!
Istanbul shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Musobaqada +81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mohira Abdullaeva JCH yarim finalida marokashlik Xaija Mardiga qarshi ringga ko'tarildi.
Afsuski, 1-raundda bokschimiz oyog'idan jarohat oldi. SHundan so'ng hakamlar jangni davom ettirishga ruhsat berishmadi va shu tariqa g'alaba Marokash vakilasiga taqdim etildi.
Mohira jahon chempionatini bronza medali bilan yakunlaydigan bo'ldi.
Avvalroq, -50 kg vaznli Aziza Yokubova bronza medalini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar