So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

13 iyu 10:20
Yangiliklar

Dzyudo

MOQ raisi o'rinbosari Olimpiadaga yo'l olayotgan dzyudochilar bilan uchrashdi + FOTOGALEREYA

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov Parij-2024 Olimpiadasiga jo'nab ketish arafasida turgan terma jamoamiz dzyudochilarimiz bilan uchrashdi.

Samimiy muloqot asnosida o'tgan uchrashuvda Olimpiya o'yinlarigacha bo'lgan mashaqqatli yo'l, tinimsiz mashg'ulotlar, musobaqalardagi ishtirok haqida so'z borib, endi mehnatning samarasini oladigan fursat etib kelgani alohida urg'ulandi. 

Dzyudochilarning o'zlari ham oldilarida qanday nufuzli musobaqa kutib turganini juda yaxshi his etishmoqda. Azizjon Kamilov Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritgan har bir dzyudochi bilan alohida suhbatlashdi. Uchrashuv yakunida delegaciyamiz azolariga oq fotiha berildi. 

Reja bo'yicha terma jamoamiz ertaga, 14 iyul kuni Franciyaga jo'nab ketadi. Olimpiadaga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi Normandiya regioni Kodbek-lez-Elbyof shaharchasida bo'lib o'tadi. 

Malumot uchun, O'zbekiston dzyudo terma jamoasi Parij-2024 Olimpiadasiga 13 ta licenziya qo'lga kiritgan. O'n ikki nafar (7 erkak, 5 ayol) dzyudochi yakkalik bahslarida ishtirok etadi, shuningdek, aralash jamoaviy bellashuvlarda ham medallar uchun kurash olib boramiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing