So’nggi yangiliklar

07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0

03 may 16:28
Yangiliklar

Dzyudo

MOQda jahon chempionati oldidan matbuot anjumani o'tkazildi FOTOGALEREYA

7-14 may kunlari Doha shahrida dzyudo bo'yicha 36-jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ertaga O'zbekiston terma jamoasining bir qismi yilning ushbu nufuzli musobaqasida ishtirok etish uchun Qatar poytaxtiga jo'nab ketadi. Bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida mazkur chempionatga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. 

Unda MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, federaciya raisi o'rinbosari Zafar Qahramonov, sport direktori Marko Spittka, Ilias Iliadis boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabi, dzyudochilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Federaciya raisi dastavval terma jamoaning umumiy tayyorgarligi haqida to'xtalar ekan, hukumatimiz tomonidan bu borada barcha sharoitlar yaratib berilgani, dzyudochilarimiz dunyo birinchiligiga so'nggi tayyorgarlikni Turkiya va Yaponiya yig'inlaridan keyin Samarqand hamda Toshkentda o'tkazishgani haqida gapirdi. 

SHuningdek, MOQ raisi o'rinbosari mamlakatimizda dzyudo sportining ommaviyligini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, Prezident Qarorining ijrosi, respublikamizning 14 ta hududida yangi ochilgan maktablarda shug'ullanayotgan yoshlarning soni ikki ming nafardan oshgani, o'tgan yili Toshkentdagi jahon chempionati doirasida to'rt tomonlama imzolangan hamkorlik Memorandumi kabi masalalarga ham to'xtaldi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis esa Davlat Bobonov va SHarofiddin Boltaboev jarohati sabab jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi, qolgan sportchilarning tayyorgarligi yuqori darajada ekanini malum qildi. 

Dzyudochilar nomidan Davlat Bobonov so'z olib, jamoadoshlarining holati alo darajada ekani, o'zining salomatligi ham barqaror tiklanib borayotgani xususida gapirdi. SHuningdek, Diyora Keldiyorova dzyudochi qizlarimiz ham ushbu dunyo birinchiligidan medallar bilan qaytishni ko'zlayotganini qo'shimcha qildi.

Matbuot anjumanida OAV xodimlari atletlarimizning ruhiy va jismoniy holati, bu yil kutib turgan Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari hamda boshqa nufuzli turnirlarga tayyorgarligi bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Darvoqe, 2024 yilda Toshkent shahri Harbiylar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik huquqini qo'lga kiritgani ham etirof etish joiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing