So’nggi yangiliklar

12:11Дзюдо бўйича ўсмирлар терма жамоамиз Сочи ва Горига жўнаб кетди 0 11:39"Ролан Гаррос". Аёллар ўртасидаги бош соврин ҳамда €2,550,000 кимга насиб этди? 0 11:14Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади 0 10:45Алекс Перейра қачон навбатдаги жангини ўтказмоқчи эканлигини айтди 0 10:02UFC 316. Двалишвили муддатидан олдин ғалаба қозонди ва камарини муваффақиятли ҳимоя қилди 0 09:23UFC 316 турнирининг co-main event жанги муддатидан олдин якунланди 0 08:57Дембеле жароҳат олди 0 19:30Фрэнсис Нганну UFC’га қайтиши мумкин 0 19:05Делла Маддалена Махачев билан жанг санаси ҳақида гапирди 0 18:42Шон О’Мэлли гонораридан нолиётган ММА жангчиларни танқид қилди 0 18:18Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега? 0 17:47Мераб Двалишвили ва Шон О’Мэллининг эртанги жанг учун гонорарлари маълум қилинди 0 17:20Новак Жокович – "Ролан Гаррос" ярим финалидан сўнг: "Балки бу ердаги охирги ўйиним бўлгандир" 0 16:57Дональд Трамп UFC 316 турнирига бормоқчи 0 16:20Жаҳон чемпионати қуръаси қачон бўлади? 0

11 iyu 10:40
Yangiliklar

Taekvondo

MOQdan yangi loyiha: Butun mamlakatimiz bo'ylab sport sayllari o'tkaziladi

Milliy olimpiya qo'mitasi aholi o'rtasida sportni ommalashtirish, ularni sportga qiziqtirish maqsadida joylarda sportning har bir turi bo'yicha sport sayllari o'tkazadi.

Kecha ana shunday tadbirlarning dastlabkisi poytaxtimizdagi G'ofur G'ulom istirohat bog'ida O'zbekiston WTF associaciyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda O'zbekiston taekvondo WTF terma jamoasi azolari ishtirokida master-klass namoyish etib berildi. Fristayl pumse bo'yicha Osiyo chempioni Iroda Umrzoqova, bronza medali sohibasi Aynura Umrzoqova, kerugi bo'yicha ko'p karra xalqaro musobaqalar sovrindorlari Nurlan Boyxo'jaev, O'zbekiston chempionati sovrindori Muhammadamin Alievlar yig'ilganlarga o'z mahoratlarini namoyish etdilar.

Tashkilotchilar aynan mana shunday chiqishlar orqali istovchilarni taekvondo WTF sport turiga jalb qilishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yganlar. Sog' tanda – sog'lom aql demakdir. Zero, mana shunday sayllar orqali xalq orasida sportga qiziqish yanada kuchayadi. Hali bunday sayllar yana ko'plab sport turlari bo'yicha tashkil etilishi rejalashtirib qo'yilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing