So’nggi yangiliklar

10:42Бектемир Мелиқўзиев рақибини нокаутга учратди 0 10:07Самбочиларимиз Жаҳон чемпионатининг биринчи куни 6 та медаль қўлга киритишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:36Фабио Каннаваро: “Ҳақиқий лидерни жамоанинг ўзи танлайди” 0 09:05"Лаънати Конор". Сехудо UFC`ни Макгрегор билан шартномани узайтирмасликка чақирди 0 08:34ONE чемпиони Ислам Махачевни адабини бериб қўймоқчи 0 08:03Карлос Пратес Ислам Махачев билан жанг учун сўнгги муддатни белгилади 0 07:32Фабио Каннаваро: “Илгари муаммолар кийиниш хонасида ҳал қилинарди, ҳозир эса...” 0 07:01UFC Fight Night 293 тарози натижалари. Асосий жанг иштирокчиси рақибидан 10 кг оғир чиқди 0 20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0 19:38Жон Маккарти UFC`дан четлатилиш сабабларини айтди 0 19:07Португалия президенти Роналдунинг кетиши ҳақида: "Мамлакатни бутун дунёга танитганинг учун ташаккур!" 0 18:36Тошкентда бўлиб турган Ислам Махачев Шавкат Раҳмонов ҳақида фикр билдирди 0 18:11Акбар Жўраев 2 та жаҳон рекордини янгилаб, тўрт карра Жаҳон чемпиони бўлди 0 18:05Chennai Open. Кудерметова биринчи ракеткага қарши уч сетлик учрашув ўтказди 0 17:34Сафонов, Головин ва Батраков Россия терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин қайдномасига киритилди 0

21 may 08:51
Yangiliklar

Boks/MMA

MPL 5. Matbuot anjumani qanday o'tdi? Toshkentda jahon chempionati o'tkaziladi, yangi kamar uchun ilk jang

Kecha Qo'qon shahrida MPL 5 turniri oldidan matbuot anjumani hamda face-to-face marosimi bo'lib o'tganidan xabaringiz bor.

Matbuot anjumanida liga tashkilotchisi Mahmud Muradov, murabbiy - Jasur Alijonov, oqshom jangchilari ishtirok etib, OAV xodimlari, muxlislarning savollariga javob qaytarishdi. 

Tadbirda Muradov UFC oktagoniga qachon qaytishi haqidagi savolga ham javob berdi.

Jasur Alijonov Muradov legion Team'ning CHimyon tog' hududida bir hafta davom etgan yig'ini haqida gapirdi. SHuningdek, murabbiy nega ushbu turnirda havaskorlar o'rtasida janglar o'tkazilayotganligiga ham oydinlik kiritdi:

"Yurtimizda istedodli yoshlar ko'p. Maqsadimiz - havaskor sportchilarni ham professionallik tomon etaklash. Bilishimcha, kelasi yil O'zbekistonda MMA bo'yicha jahon chempionati tashkil etiladi. Havaskorlar orasida ham yorqin jang ko'rsatadigan sportchilar bor. Mana shundan yoshlarni ligamiz orqali rivojlanishiga yordam bermoqchimiz", - dedi Alijonov.

MMA muxlislari uchun eng yaxshi yangilik sifatida esa liganing chempionlik kamari namoyish etildi hamda bu kamar uchun birinchilardan bo'lib Ramazon Temirov jang qilishi mumkinligi aytildi. CHempionlik kamari uchun kurashish tartibi ham tushuntirildi.

Kechaning markaziy jangi ishtirokchilari SHohasan Mirzamatov va Edil Esengulov ham o'zlarining janglari haqida fikr bildirishdi. Avvaliga qirg'izistonlik jangchi nega Mirzamatovga «vyzov» tashlagani haqidagi savolga javob berdi:

«Bu shunchaki sportcha qiziqish».

«CHorlovni qabul qildim. Ha, ikkimiz ham Markaziy Osiyoning taniqli jangchisimiz. Kim kuchli ekanligini oktagonda bilib olamiz», - dedi SHohasan.

Anjuman qiziqarli savol-javoblarga boy bo'ldi. Tadbirdan so'ng, ananaga muvofiq vazn o'lchash hamda Face to Face marosimi bo'lib o'tdi.

Carvinoz RAHMONQULOVA, o'z muxbirimiz (Qo'qon shahridan maxsus)

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing