31 dek 10:41
Yangiliklar
Muhammad Mokaev elkasidan jiddiy jarohat olgani va endi operaciya qilinishini aytdi
Eng engil vazn toifasida (-53 kg) britaniyalik UFC jangchisi Muhammad Mokaev (9-0) elkasidan jiddiy jarohat oldi. Yaqin orada u operaciyani boshidan o'tkazadi.
"Afsuski, elkam chiqib ketdi, endi operaciyani kutyapman! Siz muxlislarga rahmat, tezroq qaytaman. Vada beraman! Hammalaringizni yaxshi ko'raman! O'tgan yilning aynan o'sha kuni Londonda bo'lib o'tgan UFC musobaqasidagi debyutim oldidan qo'limni sindirib olgandim. Men UFC 286 musobaqasida jang qilish uchun qo'limdan kelgan barchasini amalga oshiraman. Operaciyani keyinga qoldirmoqchi edim, lekin qo'limni ko'tara olmayapman ham", — deb yozgan Mokaev ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali.
Eslatib o'tamiz, Mokaev so'nggi jangini 22 oktyabr kuni Abu-Dabida (BAA) bo'lib o'tgan UFC 280 musobaqasida kanadalik Malkolm Gordon o'tkazdi. Muhammadning raqibi kanadalik jangchi Malkolm Gordon edi. Britaniyalik og'riqli ushlash evaziga g'alaba qozondi.
Alhadmulillah in any situation! Unfortunately I have dislocated my shoulder????, now I will wait for the operation! Thanks to all my supporters I will be back as soon as possible, I promise you! Love you all! #M57 pic.twitter.com/UtSmLJkbHR
— Muhammad Mokaev (@muhammadmokaev) December 30, 2022
Fikrlar