21 mar 13:23
Yangiliklar
Muhammad Mokaev: "Taslim bo'lgandan ko'ra faoliyatimni tugatishni afzal ko'raman!"
"Taslim bo'lsam, u nima qilar edi. Og'riq juda ham kuchli edi. Sen taslim bo'lmay faoliyatingni xavf ostiga qo'ygan bo'lishing mumkin!" degan xabarlarni ko'rdim. Taslim bo'lgandan ko'ra faoliyatimni yakunlashni afzal ko'raman. Hozir og'riq juda kuchli. Ammo taslim bo'lganida yuragim bundan ham kuchliroq og'rir edi", - dedi Mokaev.
SHuningdek, Mokaev jarohatlangan tizzasining suratini ijtimoiy tarmoqlarga joyladi va yaqin orada u MRTdan o'tishini aytdi.
"Ertaga ertalab men MRTdan o'taman. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo'ladi. Endi men yura olmayman, lekin hali ham o'z faoliyatimdan juda mamnunman", - deya qo'shimcha qildi Mokaev.
Eslatib o'tamiz, Londonda bo'lib o'tgan UFC 286 turnirida Muhammad Mokaev Jafel Filoga qarshi jangda oyog'ini jarohatlab olgan edi.
Fikrlar