25 jan 19:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Muhammad Ngannu-Gan jangi haqida: "Bu Frensismi yoki Xabib?"
Amerikalik UFC jangchisi, yarimo'rta vazn ishtirokchisi Bilol Muhammad og'ir vaznda amaldagi UFC chempioni, francuz-kamerun jangchisi Frensis Ngannuning Siril Ganga qarshi jangidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Jang UFC 270 turniri doirasida tashkillashtirildi.
"Bu Frensismi yoki Xabibmi?", — deb yozdi Muhammad o'z tvitter sahifasiga.
Eslatib o'tamiz, Ngannu ochkolar evaziga g'olib bo'ldi va og'ir vazndagi o'z chempionlik kamarini himoya qila oldi.
Avvalroq, UFC prezidenti Dana Uayt Frensisga chempionlik kamarini berish uchun oktagonga chiqmagani xabar qilingandi. Ngannu esa UFC bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha jang o'tkazish niyati yo'qligini, asosiy gonorari 500 000 dan 600 000 dollargacha bo'lganini malum qilgandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar