12 jan 10:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Muhammadjon Qurbonov Octagon 39 musobaqasida rossiyalik jangchiga qarshi oktagonga ko'tariladi
Muhammadjon Qurbonovning navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.
Yarimengil vaznda o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Muhammadjon Qurbonovning (8-4) navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.
Unga ko'ra, Qurbonov 21 yanvar kuni Olma-Ota shahrida (Qozog'iston) tashkil etilayotgan Octagon 39 musobaqasi doirasida rossiyalik Azamat Alipkachev (3-4)ga qarshi jang qiladi.
Qurbonov so'nggi bor 2022 yil 20 may kuni tashkil etilgan Octagon 30 musobaqasi doirasida mezbon yurt vakili Ismael Geroev (3-2)ga qarshi jang qilib, hakamlar qarori bilan g'olib bo'lgan edi. Azamat Alipkachev esa oxirgi jangida 2019 yilda hamyurti Aleksandr Antonenko (7-4)ga qarshi oktagonga ko'tarilib, muddatidan avval mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : instagram.com/octagonleague
Fikrlar