18 avg 18:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Muhammadjon Qurbonovning raqibi tasdiqlandi + POSTER
Xabar berganimizdek, 23 avgust kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi ADD Arena majmuasida MMA bo'yicha Naiza 76 turniri o'tkaziladi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik 33 yoshli aralash yakkakurash ustasi, yarimengil vazn toifasida Octagon League'ning sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonov navbatdagi jangini o'tkazadi.
Liga matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqada Muhammadjon Xitoy vakili Jou Luoga qarshi bahs olib boradi.
Malumot uchun, Qurbonov faoliyati davomida 16 ta jang o'tkazib, 12 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. Luo hisobida esa 11 g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : instagram.com/naiza.mma
Fikrlar