09 may 15:52
Yangiliklar
Dzyudo

Muhriddin Tilovov Qazaqstan Barysy Grand Slam bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Bugun Qozog'istonning Ostona shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir start oldi.
Ilk kungi bellashuvlarning kunduzgi dasturi yakuniga ko'ra, -66 kg vazn toifasidagi terma jamoamiz azosi Muhriddin Tilovov kechki final dasturida musobaqaning bronza medali uchun kurashadigan bo'ldi. Uning raqibi xitoylik Ziyang Syue bo'ladi. CHin yurti vakili 1/2 finalda qozog'istonlik Gusman Kirgizbaevga yutqazdi.
Qazaqstan Barysy Grand Slam turnirining final blok bahslari soat 17:00'da boshlanadi.
Havola :
Manba : t.me/judouz
Fikrlar