09 may 19:26
Yangiliklar
Dzyudo

Muhriddin Tilovov Qazaqstan Barysy Grand Slam turnirida bronza medalini qo'lga kiritdi
Ostona shahrida (Qozog'iston) dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning ilk kungi bellashuvlari o'tkazildi.
Musobaqaning kechgi dasturi doirasida O'zbekiston terma jamoasi azosi Muhriddin Tilovov (-66 kg) bronza medali uchun gilamga chiqdi.
Xitoy vakili Ziyang Syuega qarshi kechgan bellashuvda Muhriddin raqibining shidolari ko'paygani ortidan jangda g'alaba qozonib, terma jamoamiz hisobiga ilk medalni taqdim etdi.
SHunday qilib, vakillarimiz ilk kungi bahslarni 1 ta bronza medali bilan yakuniga etkazdi.
Havola :
Manba : t.me/judouz
Fikrlar